Klassik Markiza

Klassik markiza va tent oldinga ochiladigan TIRSAKLI MARKIZA tizimlariga kiradi. Karkas: Qismlar va mexanizmlar elektrostatik kukunli bo'yoq bilan qoplangan ALYUMINIYDAN tayyorlanadi (standart oq rangda, talabga qarab rangni o'zgartirish mumkin). Qoplama: 100% suv o'tkazmaydigan, quyosh nurini to'liq to'suvchi AKRIL (Yevropa ishlab chiqarishi) va PVX (Turkiya ishlab chiqarishi) matodan iborat. Akril mato uchun rang tanlovi mavjud. O'lchamlari (Standart): Devor uzunligi: 2,2 m - 6 m Oldinga ochilishi: 1,5 m - 3,5 m Eslatma: Devor uzunligi har doim oldinga ochilishdan 50 sm kattaroq bo'lishi kerak. O'rnatish: Devorga, shiftga va turli shakllarda (orqa oyoqli va h.k.) o'rnatilishi mumkin. Harakat mexanizmi: Qo'lda ochiladigan yoki avtomatik (motorli) bo'ladi.

Klassik markiza va tent — eng ko‘p ishlatiladigan, oldinga ochiladigan tirsakli tizim asosida ishlovchi soyabon modelidir. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri — quyosh va yomg‘irdan himoya qilish funksiyasini bajarishidir.

Ushbu tizimlar nafaqat bog‘ va balkonlarda, balki kafe va restoranlarning ochiq havo maydonlarida ham eng ko‘p tanlanadigan modellardan biridir. Chunki ular ham funksional, ham estetik jihatdan jozibali dizaynga ega.

Umuman olganda, tirsakli markizalarning quyidagi xususiyatlari mavjud:

  • Motorli tizim;
  • Maxsus suv o‘tkazmaydigan akril yoki PVX matoli qoplama;
  • Masofadan boshqarish (pult orqali);
  • Turli o‘lchamlarda ishlab chiqarish imkoniyati;
  • Rang va dizayn tanlovi.